gerb
madhiya
Ishonch telefonlari
logo
jumbomap

«O'ZSTANDART» agentligi

Navoiy sinov va sertifikatlashtirish markazi

Davlat Korxonasi

Yagona ishonch telefoni:
0 (0 436) 224-9361 | 0 (0 436) 224-0751

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi Farmoni bilan, boshqa chora-tadbirlar bilan bir qatorda, iqtisodiyot tarmoqlari va mamlakat hududlariga xorijiy investitsiyalar faol jalb etilishini ko‘zda tutadigan “iqtisodiyotni yanada rivojlantirish va liberallashtirish” mamlakatni rivojlantirish zamonaviy bosqichining ustuvor yo‘nalishlaridan biri etib belgilangan. O‘zbekiston jaxon iqtisodiyoti birlashmasiga chuqur integratsiyasi tomon yo‘l olib, mamlakatning Butunjaxon savdo tashkilotiga (BST-VTO) kirishi uchun sharoit yaratishga qaratilgan faoliyat faollashmoqda.

Barcha xalqaro savdo va iqtisodiyot faoliyati tomonlarining, ularning har biri bilan bajariladigan sinov va o‘lchash natijalariga qat’iy ishonchi va shu natijalarning o‘zaro e’tirof etishi BST-VTO prinsiplaridan biri hisoblanadi. O‘lchashlar birliligi – o‘lchash natijalari qonunlashtirilgan birliklarda ifodalangan, shu natijalarning aniqlik tavsiflari esa ma’lum ehtimollik bilan belgilangan chegaralarda bo‘lgan o‘lchov holati bunday o‘zaro ishonchning majburiy shartidir. Faqat o‘lchashlar birliligi har xil vaqtda va har xil joylarda bajarilgan o‘lchash natijalarini solishtirishga imkon berib, tekshirish uchun bajariladigan, ko‘pincha narxi qimmat turadigan o‘lchashlar takroran o‘tkazilishining oldini oladi.

O‘lchashlar birliligining ta’minlanishi va shu asosda o‘lchash natijalarining metrologik kuzatiluvchanligiga erishish hozirgi paytda xalqaro ko‘lamdagi eng muhim muammo va global o‘lchashlar tizimining yetakchi organi – Xalqaro o‘lchov va tarozilar byurosi (MBMV)ning asosiy vazifasi bo‘lib bormoqda.

Yuqorida keltirilganlardan ko‘rinib turibdiki, o‘lchash birliklari o‘lchashlar birliligining muhim ob’ektidir. O‘lchash birliklarining tanlovidagi o‘zboshimchalik nafaqat o‘lchash natijalarining solishtirilishiga imkon bermaydi, balki oldindan bilib bo‘lmaydigan oqibatlarga – texnogen katastrofalarga, ko‘p milliardli moddiy zararlarga va h.k. olib kelishi mumkin.

1999 yilda Mars yo‘ldoshi sifatida shu sayyoraning iqlim parametrlarini o‘rganish uchun mo‘ljallangan Mars Climate Orbiter amerika kosmik apparatining yo‘qotilishi bunga yaqqol misol bo‘ladi.

Mars sayyorasining yaqinida, apparatning fazoga oid holatini yakuniy ahamiyatsiz to‘g‘rilash bosqichida, apparatning Mars yuzasiga tushib ketishiga olib kelgan adashish yuz berib, taxminan 200 million AQSh dollari yo‘qotilishiga olib keldi. Avariya tahlili NASA mutaxassislari va apparatni loyihalashtirgan Lokxid firmasining mutaxassislari tomonidan kosmik apparatni boshqarish bo‘yicha harakatlarning o‘zaro muvofiqlashtirilmaganligini aniqladi. O‘z hisob-kitoblarida NASA mutaxassislari Xalqaro (metrik) birliklar tizimida ifodalangan (kilogramm, metr, sekunda), Lokxid mutaxassislari esa – an’anaviy ingliz tizimda (funt, fut, sekunda) ifodalangan ma’lumotlardan foydalangan. Metrik va ingliz o‘lchov tizimlarida ifodalangan kuch momentining qiymatlaridagi farq 4,45 barobarni tashkil etadi. Apparatning harakatlanish uskunasi uchun uzatilgan noto‘g‘ri komanda uning yo‘qotilishiga olib keldi. 

Mahsulot markirovkasida o‘lchash birliklarining belgilangan nomlari va belgilarining qo‘llanishi nafaqat iste’molchi adashishining oldini olish uchun, balki shu mahsulotdan xavfsiz foydalanilishini ta’minlash uchun ham zarur.

Masalan, 90-chi yillar oxirida O‘zbekiston bozorida maishiy gaz hisoblagichlari paydo bo‘ldi. Hisoblagichlar markirovkasi tashqi ko‘rinishidan o‘rnatilgan talablarga muvofiq edi. Hisoblagichlar orqali gazning maksimal sarfi “m3/s”da, ya’ni Xalqaro tizim birliklari uchun qabul qilingan belgilardan foydalangan holda ifodalangan. Biroq markirovkaga so‘zma-so‘z amal qilinishi oldini olib bo‘lmaydigan avariyaga – gaz quvur yo‘llarining yorilishiga, va oqibatda yong‘in va odamlar qurbon bo‘lishiga olib kelishi mumkin edi. Buning sababi shundaki, pribor ishlab chiqaruvchilari markirovkadagi “s” harfi ostida vaqt birligining umumiy qabul qilingan belgisi “sekunda”ni emas, 3600 barobar katta bo‘lgan boshqa birlik belgisi “soat”ni nazarda tutgan.

Bozorda alohida ehtiyoj bo‘lgan dori preparatlari va oziq-ovqat qo‘shimchalarining xavfsiz va to‘g‘ri qo‘llanishi uchun mahsulot markirovkasida yagona, rasmiy o‘rnatilgan birlik belgilarining qo‘llanishi ayniqsa juda muhim.

O‘zbekiston a’zo bo‘lgan Xalqaro qonunlashtiruvchi metrologiya tashkiloti (MOZM) metrologiya sohasi va metrologiya faoliyatida milliy qonunlar yaratilishi uchun hadli hujjat bo‘lgan OIML D 1:2012 xalqaro hujjatida (Metrologiya bo‘yicha qonun aspektlari) mamlakatda qo‘llanishga ruxsat etiladigan kattalik birliklari davlat hukumatining hujjatlari bilan belgilanishini tavsiya etadi. Bunda qonunlashtirilgan (qo‘llanishga rasman ruxsat etilgan) birliklar sifatida Xalqaro o‘lchamlar tizimi (qisqartirilgan nomi – SI) birliklarini va SI ga kirmaydigan, Xalqaro o‘lchov va tarozilar byurosi (MBMV) tomonidan taklif etilgan hamda MOZM tomonidan ma’qullangan ayrim boshqa birliklarni tasdiqlashni tavsiya etadi. OIML D 1:2012 xalqaro hujjati shuningdek birlik belgilarining bir xil bo‘lishini ta’minlash uchun faqat lotin alfavitining harflari va grek alfavitining bir qator harflari asosida tuzilgan xalqaro belgilardan foydalanishni tavsiya etadi. Birlik nomlarida ham xalqaro nomlardan foydalangan ma’qul, biroq milliy nomlardan ham foydalanishga yo‘l qo‘yiladi.

Hozirgi paytgacha O‘zbekistonda qo‘llanishga ruxsat etilgan birliklar, ularning nomlari va belgilari, o‘lcham birliklarining xalqaro belgilarini o‘rnatib, yuqorida keltirilgan xalqaro qoidalarga muvofiq talablarga ega bo‘lgan O‘z DSt 8.012:2005 O‘zbekiston davlat standarti bilan reglamentlangan. MDH mamlakatlari bilan o‘zaro munosabatlarda o‘xshash mazmundagi, birliklarning xalqaro belgilari bilan bir qatorda o‘lcham birliklarining rus belgilarini qo‘llashga ruxsat etadigan GOST 8.417-2002 davlatlararo standarti qo‘llanadi.

Biroq qo‘llanishi majburiy bo‘lgan o‘lchash birliklarining davlat standarti bilan belgilanishi O‘zbekiston Respublikasining, 5-moddasida “O‘lcham birliklarining nomi, belgisi, ularni yozish va qo‘llash qoidalari "O‘zstandart"ning taqdimnomasiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi” deb reglamentlangan “Metorologiya to‘g‘risida”gi Qonuni qoidalariga zid bo‘ladi.

Hozirgi paytda lotin alifbosiga asoslangan o‘zbek alfavitining keng qo‘llanishi hamda O‘zbekistonning xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarida davlat standartlari talablari haqida kerakli bilim mavjud emasligi birlik nomlari va belgilarining ixtiyoriy tanlanishiga olib kelmoqda, bu esa xo‘jalik faoliyati sub’ektlari o‘rtasida o‘zaro anglashuvni buzib, oldindan bilib bo‘lmaydigan oqibatlarga olib kelishi mumkin.

Ta’lim tizimida to‘liq lotin grafikasiga o‘tish munosabati bilan o‘lcham birliklarining xalqaro belgilari rasman tasdiqlanishi juda muhimdir.

O‘lchash birliklarining qo‘llanishi hamda ularning nomlari va belgilariga qo‘yiladigan talablar masalalaridagi bunday anglashilmovchiliklarni bartaraf etish uchun “O‘zstandart” agentligi tomonidan “O‘zbekiston Respublikasida o‘lcham birliklarining qo‘llanishi to‘g‘risida”gi Qaror (bundan buyon matnda – Qaror) loyihasi ishlab chiqilib, manfaatdor vazirlik va idoralar bilan kelishilgandan so‘ng ko‘rib chiqish va tasdiqlash uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga taqdim etildi.

Qaror ishlab chiqilishidan maqsad O‘zbekiston Respublikasi o‘lchashlar birliligini ta’minlash tizimining huquqiy asosini rivojlantirish va takomillashtirish hamda O‘zbekistonda o‘tkazilgan o‘lchash va sinov natijalarining xorijiy hamkorlar tomonidan e’tirof etilishi uchun sharoit yaratishdan iborat.

Qaror vazifasi O‘zbekistonda fan, ta’lim, xo‘jalik faoliyati, iqtisodiy va ijtimoiy munosabatlarning barcha sohalarida rasmiy ravishda qo‘llanishga ruxsat etilgan o‘lcham birliklariga qo‘yiladigan talablarni tartibga solish, birliklarning yagona nomlari va belgilarini hamda qonunlashtirilgan o‘lchash birliklarining qo‘llanish qismida o‘lcham birliklarining xalqaro talablar bilan uyg‘unlashtirilgan nomlari va belgilarini qo‘llash qoidalarini o‘rnatishdir.

E’lon qilinayotgan “O‘zbekiston Respublikasida o‘lcham birliklarining qo‘llanishi to‘g‘risida”gi Qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2018 yil 10 yanvarda 21-son bilan tasdiqlandi va rasman chop etilgan kundan boshlab olti oydan so‘ng kuchga kiradi. Vazirlik va idoralarga ikki oy muddatda ular qabul qilgan me’yoriy-huquqiy hujjatlarini ko‘rsatilgan Qarorga muvofiqlashtirishga ko‘rsatma berildi.

Qaror qoidalarining joriy qilinishi:

- barcha nashr va hujjat turlarida, bu hujjatlar matni qaysi tilda bo‘lishidan qat’i nazar, o‘lcham birliklarining nomlari va belgilari qo‘llanishini tartibga solishga;

- ta’lim samarasini oshirishga;

- barcha faoliyat turidagi sub’ektlar o‘rtasida, jumladan xalqaro munosabatlar borasida o‘zaro anglashuv darajasini oshirishga;

- xalqaro iqtisodiy hamkorlar tomonidan O‘zbekistonda bajarilgan o‘lchash natijalarining o‘zaro e’tirof etilishi uchun sharoitlar ta’minlanishiga imkon beradi.

Qoidalar qo‘llanishining barcha uchun zarurligini hisobga olgan holda, “O‘zstandart” agentligining tashkiliy potensiali va ommaviy axborot vositalaridan foydalangan holda O‘zbekistonda faoliyat yurituvchi barcha sub’ektlarga Qoidaning asosiy talablari haqidagi va uning amalga kiritilishi haqidagi axborotni yetkazish zarur.