gerb
madhiya
Ishonch telefonlari
logo
jumbomap

«O'ZSTANDART» agentligi

Navoiy sinov va sertifikatlashtirish markazi

Davlat Korxonasi

Yagona ishonch telefoni:
0 (0 436) 224-9361 | 0 (0 436) 224-0751

O‘lchash inson faoliyatining ajralmas bo‘lagi bo‘lib, uning hayotini
o‘lchashlarsiz tasavvur etib bo‘lmaydi. Kishi erta bilan uyg‘ongan zaho-
ti, birinchi navbatda vaqtni baholaydi, choy ichganda esa haroratni, ishga
yoki o‘qishga ketayotganda masofani baholaydi. O‘lchash vositalari shuncha-
lik rang-barang va har xil sohalarda ishlatiladiki, ular ishlatilmay-
digan biror inson faoliyatini eslash juda qiyindir.
Ishlab chiqarishda va kundalik hayotimizda issiqlik va bosim kattaligiga ko‘p duch kelamiz. Misol uchun, avtomobillarga propan va metan gaz uchun mo‘ljallangan gaz ballonlarga, albatta, bosimni o‘lchaydigan monometr o‘lchov asbobi o‘rnatilishi shartdir. Ushbu o‘lchov asbobi gazning bosimini o‘lchab, ballondagi gaz miqdorini aniqlashda yordam beradi. Agar gaz balloniga me’yoridan ortiqcha gaz solinsa inson hayoti uchun xavfli oqibatlarga olib kelishi mumkin.
Tibbiyotda foydalaniladigan sfigmomanometr va termometrlarni olsak. Biz uchun oddiy bo‘lib ko‘ringan bu uskunalar tashxis va inson tanasidagi haroratni belgilab beradigan muhim vositalardan biridir. Bu vositalarning nosoz ishlashi qanday oqibatlarga olib kelishi barchamizga ma’lum. Yoki barometr haqida ham shunday fikr bildirish mumkin. Umuman barcha o‘lchov vositalarining aniqlik bilan ishlashi jamiyat rivoji uchun ahamiyatlidir. Shu sababli ham ularni o‘z vaqtida davlat metrologik tekshiruvidan o‘tkazib turishimiz maqsadga mu- vofiqdir. Bu borada Navoiy sinov va sertifikatlashtirish markazi davlat korxonasiga murojaat etishingiz va metrologiya xizmatlaridan foydalanishingiz mumkin.