gerb
madhiya
Ishonch telefonlari
logo
jumbomap

«O'ZSTANDART» agentligi

Navoiy sinov va sertifikatlashtirish markazi

Davlat Korxonasi

Yagona ishonch telefoni:
0 (0 436) 224-9361 | 0 (0 436) 224-0751

           O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 20 avgustdagi 698-  sonli  “Yuridik va jismoniy shaxslarning elektr energiyasi, tabiiy gaz, ichimlik va issiq suvni hisobga olish uskunalarini yechish, qiyoslashdan o’tkazish va o’rnatish bo’yicha davlat xizmatlari ko’rsatishning ma’muriy reglamentlarini tasdiqlash to’g’risida”gi qarorini yuridik va jismoniy shaxslarga keng targ’ib etish va aholi o’rtasida qiyinchilik, tushunmovchiliklarni oldini olish maqsadida Navoiy sinov va sertifikatlashtirish markazi davlat korxonasining faollar zalida ushbu qaror ijrosi yuzasidan seminar trening tashkil qilindi.

      Seminar treningda barcha mutasaddi tashkilotlar “Navoiy hududiy ‘lektr tarmoqlari korxonasi” AJ, Navoiy viloyat buyicha gaz ta’minoti hududiy filiali , Navoiy viloyati “Suvoqova” DUK mutaxassislari  hamda Davlat xizmatlari agentligi Navoiy viloyat boshqarmasi, Ozbekiston Respublikasi Bosh Prokuraturasi huzuridagi MIB Navoiy viloyat boshqarmasi mutaxassis xodimlari va ta’mirchi korxonalar ishtirok etishdi.  Yig’ilishda qarorda keltirilgan masalalar yani davlat xizmatlari ko’rsatishda yuridik yoki jismoniy shaxslarning bevosita ishtirok etishini talab qiladigan tartibotlar sonini hamda ularning ko’rsatish muddatini tubdan qisqartirish, yuridik va jismoniy shaxslardan boshqa tashkilotlardan olinadigan hujjatlar va ma’lumotlar talab qilinishini bekor qilish kabi masalalar va qarorning mazmun mohiyati tushuntirib berildi  va tegishli tashkilotlar tomonidan vuhokama qilindi