gerb
madhiya
Ishonch telefonlari
logo
jumbomap

«O'ZSTANDART» agentligi

Navoiy sinov va sertifikatlashtirish markazi

Davlat Korxonasi

Yagona ishonch telefoni:
0 (0 436) 224-9361 | 0 (0 436) 224-0751

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 15 fevraldagi 112-sonli qarori 5 bandi ijrosini ta’minlash hamda “O‘zstandart” agentligi tomonidan tasdiqlangan 2018 yil rivojlantirish dasturi asosida Navoiy sinov va sertifikatlashtirish markazi Davlat korxonasi, “O‘lchash vositalari ustidan davlat metrologik tekshiruvi bo‘limi” da “Tibbiyot uskunalarini metrologik tekshirish” laboratoriyasi tashkil etildi. Laboratoriyaga Diatest-4 (Rossiya), Doppler 403 Flow Phantom (AQSh) zamonaviy uskunalar xarid qilindi va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi loyiha boshqarish milliy agentligi qoshidagi “Akkreditatsiya markazi” tomonidan bo‘limning akkreditatsiya doirasi kengaytirildi. Xarid qilingan ushbu namunaviy uskunalar yordamida insonlar salomatligini tekshirishda qo‘llanilayotgan barcha turdagi:
Elektrokardiograflar;
Elektroensefalograflar;
Reograflar;
Miografik vositalar;
Ultratovush diagnostika vositalari (apparat UZI);
Bo‘y o‘lchagichlar (Rostomer) ni tekshiruvdan o‘tkazish imkoni yaratildi.