gerb
madhiya
Ishonch telefonlari
logo
jumbomap

«O'ZSTANDART» agentligi

Navoiy sinov va sertifikatlashtirish markazi

Davlat Korxonasi

Yagona ishonch telefoni:
0 (0 436) 224-9361 | 0 (0 436) 224-0751

NAVOIY VILOYATIDA SAYYOR QABUL O‘TKAZILDI
“O‘zstandart” agentligi rahbariyati tomonidan tasdiqlangan reja-dasturiga asosan Navoiy viloyatida sayyor qabul tashkil etildi. Uchrashuv davomida viloyatning Navoiy shaxri va Nurota, Karmana, tumanlarida faoliyat ko‘rsatayotgan tadbirkorlar va ishlab chiqarish korxonalari faoliyati bilan yaqindan tanishildi.
Jumladan, Nurota tumanidagi granit ishlab chiqarayotgan “Zafar granit” MChJ, Karmana tumanidagi “Muhbbat Bog‘i” MChJ bodring yetishtirishga ixtisoslashgan issiqxona, Navoiy erkin iqtisodiy hududida joylashgan kabel ishlab chiqaruvchi “Hayat Power Cable Systems” MChJ va “Navoi Cable connector” MChJ QK korxonalarining faoliyati bilan tanishish jarayonida standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirishdagi muammo va ularning yechimi xususida so‘z yuritildi. Shuningdek “Navoiyazot” AJ negizida “Ammiak va karbamid” ishlab chiqarish zavodini qurayotgan “Mitsubishi Corporation” kompaniyasi raxbar va xodimlari bilan uchrashuv tashkil qilinib, metrologiya va sertifikatlashtirish jarayonida duch kelanayotgan muammolar eshitildi va yechimlari to‘g‘risida tushuntirishlar berildi.
Sayyor uchrashuvda Respublika sinov va sertifikatlashtirish markazi direktori A.Mustafoyev, “O‘zstandart” agentligi Bosh direktorining matbuot kotibi A.Rasulov va Navoiy sinov va sertifikatlashtirish markazi direktori A.Jo‘rayev, Navoiy standartlashtirish va metrlogiya boshqarmasi boshlig‘i U.Kamolov xamda boshqa mas’ul xodimlar ishtirok etdilar.