gerb
madhiya
Ishonch telefonlari
logo
jumbomap

«O'ZSTANDART» agentligi

Navoiy sinov va sertifikatlashtirish markazi

Davlat Korxonasi

Yagona ishonch telefoni:
0 (0 436) 224-9361 | 0 (0 436) 224-0751

    Navoiy davlat konchilik instituti  « Energo-mexanika» fakulteti “Avtomatlashtirish va boshqaruv” kafedrasida joriy yilning 20 may kuni  “Xalqaro metrologiya  kuni” mavzusiga  bag’ishlangan tadbir bo’lib utdi.

   Tadbirni “Avtomatlashtirish va boshqaruv” kafedra mudiri  O.Jumaev  dastlab so’zga chiqib, barcha Metrologi , standartlashtirish va mahsulot sifati menedjmenti yunalishi talabalari va soha vakillarini “Halqaro metroloiya  kuni” munosabati bilan tabrikladi.

   Navoiy sinov va sertifikatlashtirish markazi davlat korxonasi direktori  Jo’raev A.S. so’zga chiqib Halqaro metrologlar kuni 1875- yildan buyon butun jahonda keng nishonlanishi aynan shu kundan boshlab turli sohalarda dastlabki o’lchashlar amalga oshirilganligi, keyinchalik o’lchangan kattaliklar sertifikatlashtirish tashkilotlari tomonidan sertifikat bilan taqdirlanganligi to’g’risida ma'lumotlarni aytib o’tdi.

 NKMK NO’A va AML metrologi  bo’limi boshlig’i B.Husenovlar so’zga chiqib  Navoiy kon metallurgiya  kombinati metrologiya  sohadagi  yangiliklar, o’lchash vositalarini  yangi konstruksiyalari ishlab chiqish buyicha bulayotgan ishlar to’g’risida ma'lumotlar berib o’tdi va kafedra professor - o’qituvchilarini va metrologiya , standartlashtirish va mahsulot sifati menedjmenti yo’nalishi talabalarini bugungi kasb bayrami bilan tabrikladi. 

        Kafedrada taklif  etilgan mehmonlar Texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish va boshqaruv va metrologiya , standartlashtirish va mahsulot sifati menedjmenti yunalishi talabalari tomonidan tayyorlan turli ishlanmalar va  maketlar bilan tanishishdi.

      Institutda jamoat ishlarida va o’qishda faol ishtirok  etgan talabalardan: Ismoilov E, Orziev J, Norov T, Nurmurodov Sh, Raxmonova Z, Mamasodikova S,  Karimov F, Maxmudov U, Ismatova O, Isroilova M, Raxmonova X, Ismatillaeva Z lar faxriy yorliq va tashakkurnomalar bilan taqdirlandi.