gerb
madhiya
Ishonch telefonlari
logo
jumbomap

«O'ZSTANDART» agentligi

Navoiy sinov va sertifikatlashtirish markazi

Davlat Korxonasi

Yagona ishonch telefoni:
0 (0 436) 224-9361 | 0 (0 436) 224-0751

          Bugungi kunda mamlakatimizda tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish va horijiy investitsiyalarni jalb qilish borasida ijobiy o’zgarishlar hayotga tatbiq etilmoqda.

          Prezidentimiz tomonidan jorij yilning 14 may kuni imzolangan “Tadbirkorlik faoliyatini qo’llab-quvvatlash va himoya qilish tizimini tubdan takomillashtirish, chora-tadbirlari to’g’risida”gi PF -5718-sonli farmon bu boradagi yana bir muhim yangilik buldi.  

         Mazkur hujjat bilan aholini tadbirkorlikka keng va faol chorlash, chet el investorlarini chaqirishga to’sqinlik qiluvchi omillarni yo’qotish, birinchi navbatda, davlat organlarining tadbirkorlar bilan muloqotining amaliy va shaffof tizimini joriy etish belgilab qo’yilgan.

         Farmonga ko’ra, O’zbekiston Respublikasi Bosh vazirining Tadbirkorlar murojaatlarini ko’rib chiqish qabulhonalari tashkil etilmoqda. Ushbu idoralar oldiga qator muhim vazifalar qo’yildi.

         Shunga ko’ra Navoiy SSM DK sida haftaning har chorshanba kuni tadbirkorlik sub’ektlari hamda chet ellik investorlar bilan uchrashish kuni etib belgilangan va ulardan kelib tushadigan murojaatlar O’zRespublikasi qonunlariga qat'iy amal qilingan holda kurib chiqilishi ta’minlanmoqda.