gerb
madhiya
Ishonch telefonlari
logo
jumbomap

«O'ZSTANDART» agentligi

Navoiy sinov va sertifikatlashtirish markazi

Davlat Korxonasi

Yagona ishonch telefoni:
0 (0 436) 224-9361 | 0 (0 436) 224-0751

           O’zbekiston Respublikasining “Metrologiya to’g’risida”gi Qonuni, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 jil 12 dekabrdagi PK-4059-son “Texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, sertifikatlashtirish va metrologiya tizimlarini yanada rivojlaytirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi qaroriga muvofik “O’zstandart” agentligi Bosh direktorining “Metrologiya tekshiruvidan o’tkazilishi lozim bo’lgan o’lchov vositalari turkumlarining ro’yhatini tasdiqlash to’g’risida”gi 2019 jil 12 iyuldagi 91-son bujrug’i O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 3174-son bilan jorij jilning 30 iyul' kuni ro’yhatga olindi.

          Ma’lumot uchun: Ushbu hujjat bilan hozirda amalda bo’lgan “Tekshiruvdan (qiyoslashdan) o’tkazilishi lozim bo’lgan o’lchash vositalari turkumlarining ro’yhatini tasdiqlash haqida”gi buyrug’i (ro’yhat raqami 2782, 2016 jil 4 maj) hamda shu hujjatga kiritilgan (ro’yhat raqami 2782-1, 2017 jil 22 avgust) O’zgartirish o’z kuchini yo’qotgan deb topiladi va yangi ro’yhat tasdiqlanadi.

           Ro’yhat ishlab chiqish jarayonida Evro-Osiyo davlat metrologik muassasalari hamkorligi tashkilotiga a"zo Germaniya, Belarussiya, Rossiya, Qozog’iston kabi mamlakatlar tajribasi o’rganildi. Horijiy tajriba va belgilangan halqaro tavsiyalar asosida olib borilgan tadqiqotlar natijasida bir qator o’lchov vositalar turkumlarining metrologiya tekshiruvidan o’tkazish intervallari uzaytirildi, bu O’z o’rnida o’lchov vositalaridan fojdalanuvchi sinov va kalibrlash laboratoriyalari, ishlab chiqaruvchilar hamda boshqa manfaatdor tomonlarga bir qancha qulayliklar yaratadi.

Amaldagi ro’yhatni amaliyotda qo’llash tajribasidan kelib chiqqan holda, yangi ro’yhatda quyidagi O’zgarishlar mavjud:

– amaldagi ro’yhatda 366 ta o’lchov vositalari turkumi mavjud, yangi qabul qilingan ro’yhatda ularning soni 315 tani tashkil qiladi;

– ro’yhatda keltirilgan o’lchov vositalarining, metrologiya tekshiruvi arizachining murojaatiga asosan kalibrlash orqali amalga oshirish imkoniyati yaratildi;

– birlamchi qiyoslashdan o’tkazilgan o’lchamli shisha idishlar va qum soatlar davriy metrologiya tekshiruvdan ihtiyoriy ravishda arizachining murojaati asosida o’tkazilishi belgilandi;

– ma’nan eskirgan va hozirgi kunda o’lchashlarning yagona birlikda bo’lishini ta’minlash tizimida foydalanilmaydigan o’lchov vositalari ro’yhatdan chiqarildi.

        Yangi ro’yhatni tadbiq etilishi mamlakatimizda o’lchash natijalarini metrologik kuzatuvchanligini taminlash va ularni halqaro e’tirof etilishi yulidagi bosqichlardan biri hisoblanadi.